12:00 / 26.09.2021
7137
MARAFON - Farg‘ona vodiysidagi birinchi holding

Farg‘ona vodiysida ilk bor yagona korporativ boshqaruv, yagona strategiya, yagona kuzatuv kengashiga qaratilgan biznes tarmoqlari MARAFON nomi ostida birlashdi.

Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi san'at saroyida “MARAFON GROUP” holdingini tashkil etishga bag‘ishlangan “Umr davomida” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda holding ostida birlashayotgan kompaniyalarning faoliyati, qisqa va uzoq muddatli istiqbollari keng jamoatchilik e'tiboriga havola etildi.

Tadbir prezentatsiya, suhbat va rasmiy qo‘l qo‘yish marosimi asosida tashkillanib 4ta kreslo formatida bo‘lib o‘tdi.

“MARAFON GROUP” holdingi tashkil topishiga bag‘ishlangan tadbirda xalqaro investitsion kompaniyalari raislari, Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i Iqboljon Ergashev, Farg‘ona shahri hokimi Mirzohid Ubaydullayev, M-Factor loyihasi asoschilaridan biri Husan Mamasaidov hamda mashhur biznes namoyandalari ishtirok etdi. Tadbirda Sherzod Qudratxo‘jayev moderatorlik qildi.

MARAFON EDUCATION, MARAFON RETAIL, MARAFON MEDICINE, MARAFON CONSTRUCTION, MARAFON HOTEL, MARAFON BANK MARAFON holdingning asosi bo‘lib, tadbir ishtirokchilariga kelajakdagi istiqbolli rejalar haqida ma'lumot berildi.

Tadbir so‘ngida ta'sischilar Faxriddin Ilyasov, Nurillo Mamasodiqov, Rustamxon Jorayev, Muzaffar Muratov, Akmal Fayziyev hamda Aziz Kushakbayev “MARAFON GROUP” holdingi tashkil topgani munosabati bilan shartnoma imzoladi.

Reklama huquqi asosida

Top