11:37 / 26.09.2021
40538

«SMeRSh» kontrrazvedka bo‘limidan «KGB» zobitigacha. DXXning uzoq tarixiga nazar

26 sentabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati tashkil etilganiga 30 yil to‘ladi. Kun.uz DXX arxividan foydalanib, uning Ikkinchi jahon urushi yillarida xizmat qilgan zobitlari haqida material tayyorladi.

Arxiv ma'lumotlariga qaraganda 1941-1945 yillarda Ikkinchi jahon urushida O‘zbekiston davlat xavfsizlik organlarining shaxsiy tarkibi ham ishtirok etgan. 552 nafar xavfsizlik xodimlari armiyaning razvedkaviy organlarida hamda «SMeRSh» harbiy kontrrazvedka bo‘limining armiya va flotida xizmat qilishgan. Ularning 28 nafari ayollar bo‘lgan. «SMeRSh» organlari eng murakkab kontrrazvedkaviy vazifalarni bajarish bilan bir qatorda qo‘mondonlikni tegishli qismlari, birlashgan va armiya muassasasining o‘ziga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha xabardor etib turgan. Quyidagi maqolada xavfsizlik xizmatining Ikkinchi jahon urushi yillarida matonat ko‘rsatgan ayrim xodimlari yodga olinadi.

Mayor Abdullayev Gulyamdjan Xakimovich, 1923 yil 18 martda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tavallud topgan, millati o‘zbek.

1949 yilning iyul oyidan 1973 yilning fevral oyiga qadar davlat xavfsizligi organlari, shu jumladan, DXQ Farg‘ona viloyati boshqarmasida turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Polkovnik Azizov Axmad Maxamadjanovich, 1923 yil 6 aprelda Toshkent viloyatining Chirchiq tumanida tavallud topgan, millati o‘zbek.

1943 yil mart oyidan 1985 yil may oyiga qadar davlat xavfsizligi organlarida, shuningdek, Buxoro, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari boshqarmalari davlat xavfsizligi organlarida turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Podpolkovnik Aliyev Mamatvali, 1923 yil 23 oktyabrda Namangan shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

1946 yil iyun oyidan 1976 yil fevral oyiga qadar davlat xavfsizligi organlarida, shu jumladan, DXQ Namangan viloyat boshqarmasida turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Podpolkovnik Aliyev Parda, 1920 yil 15 oktyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

1949 yil noyabr oyidan 1972 yil fevral oyiga qadar davlat xavfsizligi organlarida, shu jumladan, DXQ Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari boshqarmalarida turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Podpolkovnik Alimov Mirzamurad, 1921 yil 1 fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

1947 yil mart oyidan 1979 yil yanvar oyiga qadar O‘zSSR Vazirlar kengashi qoshidagi davlat xavfsizligi organlarida haqiqiy harbiy xizmatni o‘tagan.

General mayor Artikbayev Abdulladjan, 1925 yil 25- sentyabrda Tojikiston SSRning Leninobod viloyatida tavallud topgan, millati tojik.

1945 yil may 1990 yil mart oylarida davlat xavfsizligi organlarida turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Polkovnik Asamutdinov Xayrutdin, 1924 yil 5 mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

1948 yil noyabr oyidan 1979 yil yanvar oyiga qadar davlat xavfsizligi organlarida, jumladan, Farg‘ona, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlari boshqarmalarida turli lavozimlarda xizmat qilgan.

General-leytenant Beschastnov Aleksey Dmitriyevich, 1913 yilda Moskva viloyatining Fryanovo qishlog‘ida tavallud topgan, millati rus.

Davlat xavfsizligi organlarida 1937 yil oktabr oyidan 1986 yil fevral oyiga qadar turli lavozimlarda, jumladan, O‘zbekiston SSR Vazirlar Kengashi qoshidagi DXQ Raisi lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Bryansev Georgiy Mixaylovich, 1903 yil 23 aprelda Stavropol o‘lkasining Georgiyevskiy tumanida tavallud topgan, millati rus.

Davlat xavfsizligi organlarida 1928 yil may oyidan 1950 yil noyabr oyiga qadar turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Polkovnik Ganixodjayev Afar, 1923 yil 4 iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

1948 yil mart oyidan 1984 yil iyun oyiga qadar O‘zbekiston SSR Vazirlar Kengashi qoshidagi Davlat xavfsizligi organlarida turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Mayor Djurayev Ibragim, 1920 yilda 5 dekabrda Samarqand viloyatining Samarqand tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

1952 yil avgust oyidan 1955 yil avgust oyiga qadar davlat xavfsizligi organlarida turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Mayor Yerimbetov Yuldash Yerimbetovich, 1922 yil 1 dekabrda Xorazm viloyatining Mang‘it tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

1946 yil iyun oyidan 1971 yil sentabr oyiga qadar davlat xavfsizligi organlarida, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston ASSR DXXBda turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Praporshik Zaripov Matyakub, 1918 yil 19 mayda Xorazm viloyatining Urganch tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

1956 yilning may oyidan 1976 yilning avgust oyiga qadar davlat xavfsizligi organlarida turli lavozimlarda, jumladan, DXQ Xorazm viloyat boshqarmasida xizmat qilgan.

Polkovnik Irgashev Kadir Rasulevich, 1918 yil 9 noyabrda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

1948 yilning yanvar oyidan 1964 yilning iyun oyiga qadar davlat xavfsizligi organlarida turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Kapitan Ishanxodjayev Muxtar, 1918 yil 25 mayda Andijon shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

1944 yilning aprel oyidan 1951 yilning yanvar oyiga qadar davlat xavfsizligi organlarida turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Podpolkovnik Karimov Gulyam Kasimovich, 1923 yil 9 yanvarda Buxoro shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

1945 yilning may oyidan 1981 yilning oktabr oyiga qadar davlat xavfsizligi organlarida turli lavozimlarda, jumladan, DXQ Buxoro viloyat boshqarmasida xizmat qilgan.

Polkovnik Maxkamov Gulyam, 1926 yil 5 aprelda Farg‘ona viloyatining Kirov tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

1950 yil avgust oyidan 1980 yil noyabr oyiga qadar davlat xavfsizligi organlarida, jumladan, DXQ Farg‘ona viloyat boshqarmasida turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Kapitan Mirzayev Taxir Artikovich, 1923 yil 3 aprelda Toshkent shahrida tavallud topgan, millati o‘zbek.

1950 yilning oktabr oyidan 1967 yilning fevral oyiga qadar davlat xavfsizligi organlarida turli lavozimlarda xizmat o‘tagan.

Kichik leytenant Muminov Aziz, 1924 yil 2 mayda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida tavallud topgan, millati o‘zbek.

1946 yilning sentabr oyidan 1953 yilning iyul oyiga qadar davlat xavfsizligi organlarida turli lavozimlarda xizmat o‘tagan. 

Starshina Narzullayev Sodik, 1920 yil 15 fevralda Buxoro shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

1948 yil aprel oyidan 1960 yil iyun oyiga qadar davlat xavfsizligi organlarida turli lavozimlarida xizmatni o‘tagan.

Kapitan Raximov Sultan Karimovich, 1917 yilda Andijon viloyatining Lenin tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

1950 yilning aprel oyidan 1955 yilning aprel oyiga qadar davlat xavfsizligi organlarida turli lavozimlarda, jumladan, DXQ Andijon viloyat boshqarmasida xizmat o‘tagan.

Mayor Ruziyev Abdulla, 1923 yil 25 oktyabrda Andijon viloyatining Lenin rayonida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

1949 yilning sentabr oyidan 1990 yilning aprel oyiga qadar davlat xavfsizligi organlarida turli lavozimlarda, jumladan, DXQ Andijon viloyat boshqarmasida yollanma xizmatchi sifatida faoliyat olib borgan.

Podpolkovnik Tashbayev Xodja, 1925 yil 12 iyulda Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

1948 yil noyabr oyidan 1975 yil noyabr oyiga qadar davlat xavfsizlik idoralarida, jumladan DXQ Andijon, Namangan, Surxondaryo va Sirdaryo viloyat boshqarmalarida turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Mayor Tashpulatov Yuldash, 1922 yil 18 sentyabrda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

1948 yil yanvar oyidan 1964 yil yanvar oyiga qadar davlat xavfsizlik idoralarida, jumladan, DXQ Toshkent viloyat boshqarmasida turli lavozimlarda ishlagan.

Umarov Akbar, 1918 yil Andijon viloyati Baliqchi tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

Katta leytenant Xaydarov Xamidjan Radjapovich, 1914 yil 15 avgust, Buxoro shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

1944 yilning avgustidan 1950 yilning avgustigacha davlat xavfsizligi idoralarida turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Katta leytenant Xarasov Ibragim Israilovich, 1921 yil 1 yanvarda Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

1949 yilning sentabr oyidan 1952 yilning sentabr oyigacha davlat xavfsizligi idoralarida turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Mayor Shakarimov Baxram, 1921 yil 12 dekabrda Toshkentda tug‘ilgan, millati o‘zbek.

1950 yilning aprel oyidan 1969 yilning may oyigacha davlat xavfsizligi idoralarida turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Katta leytenant Shaniyazov Karim, 1924 yil 15 avgustda Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidagi Qarliq qishlog‘ida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

1950 yilning sentabr oyidan 1955 yilning aprel oyigacha davlat xavfsizligi idoralarida turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Polkovnik Shirinbayev Sharif Kayumovich, 1908 yil 25 dekabrda Samarqand shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

1932 yilning mart oyidan 1957 yilning aprel oyiga qadar davlat xavfsizligi idoralarida turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Leytenant Bazina Elena Konstantinovna, 1924 yil 8 sentyabrda Leningrad viloyatining Tosnenskiy tumanida tavallud topgan, millati rus.

1947 yil aprel oyidan 1960 yil may oyiga qadar davlat xavfsizligi organlarida turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Leytenant Borkina Aleksandra Ivanovna, 1916 yil 9 aprelda Toshkent shahrida tavallud topgan, millati rus. 

Davlat xavfsizligi organlarida 1940 yil oktabr oyidan 1947 yil oktabr oyiga qadar turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Kichik leytenant Bubnova Mariya Fedorovna, 1916 yil 23 oktyabrda Yaroslavsk viloyatining Kozlovskiy tumani Isada qishlog‘ida tavallud topgan, millati rus.

Davlat xavfsizligi organlarida 1939 yil iyun oyidan 1972 yil mart oyiga qadar turli lavozimlarda, jumladan, yollanma xizmatchi sifatida faoliyat olib borgan.

Leytenant Voloshchenko (Sheglova) Yevdokiya Lukyanovna, 1924 yil 2 dekabrda Orenburg viloyatining  Xaybulinskiy tumanida tug‘ilgan, millati rus.

1943 yil sentabr oyidan 1966 yil oktabr oyiga qadar davlat xavfsizligi organlarida turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Praporshik Yershova Emiliya Fedorovna, 1925 yil 28 aprelda Ukraina SSRning Odessa shahrida tug‘ilgan, millati grek.

1964 yil dekabr oyidan 1991 yil sentabr oyiga qadar davlat xavfsizligi organlarida turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Katta leytenant Kuzmina (Mixaylova) Olga Ivanovna, 1917 yil 26 iyulda Gorkiy shahrida tug‘ilgan, millati rus.

1944 yil noyabr oyidan 1959 yil oktabr oyiga qadar davlat xavfsizlik idoralarida turli lavozimlarda xizmat o‘tagan.

Leytenant Morjakova Zinaida Semenovna, 1922 yil 2 fevralda Saratov viloyatining Kistendeyskiy tumanida tavallud topgan, millati rus.

1921 yilning fevral oyidan 1979 yilning mart oyiga qadar davlat xavfsizligi organlarida turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Leytenant Siromyatnikova Zinaida Feofanovna, 1902 yil 11 oktyabrda Boshqirdiston ASSR Ufa shahrida tug‘ilgan, millati rus.

1937 yil dekabr oyidan 1955 yil may oyiga qadar davlat xavfsizligi idoralarida turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Katta leytenant Ulyanova (Lebedeva) Yekaterina Andrenevna, 1920 yil 15 noyabrda Moskva viloyati, Krivandinskiy tumani Anankino qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus.

1940 yil yanvar oyidan 1953 yil iyul oyiga qadar davlat xavfsizligi idoralarida turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Katta leytenant Shevchenko Aleksandra Matveyevna, 1911 yil 26 avgustda Oltoy o‘lkasining Zmeinogorod tumani Kolivan qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus.

Davlat xavfsizligi idoralarida 1933 yilning noyabr oyidan 1973 yilning oktabr oyigacha turli lavozimlarda, jumladan, yollanma xizmatchi sifatida faoliyat olib borgan.

Yuqorida tilga olinganlarning barchasi urush o‘chog‘idan sog‘-omon qaytib Davlat xavfsizlik xizmati tizimida ko‘p yillar xizmat qilishgan.

Ular orasida mayor Alim Hakimovning xizmatlarini alohida e'tirof etish mumkin. U urushning dastlabki kunlaridan o‘qchi diviziyasida faoliyat boshlab aloqa batalonining otryad komandiri bo‘lib xizmat qiladi. Keyinchalik esa uni rota komandiri etib tayinlashadi. Yarador bo‘lib, kontuziyani boshdan kechirsa-da, yana urushga qaytadi va urushning so‘nggi kunigacha jang maydonida qoladi. Bu xizmatlari uchun Alim Hakimov «Qizil bayroq», «Aleksandr Nevskiy», «Lenin» ordenlari bilan, «Oltin Yulduz», «Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun»,  «Berlinning zabt etilgani uchun», «Varshavaning ozod etilgani uchun», «Armiya va Flotga 30 yil» medallari bilan taqdirlanadi va «Sovet Ittifoqi Qahramoni» unvoniga sazovor bo‘ladi. Urushdan keyin mayor Hakimov 1946 yil iyun oyidan 1950 yil sentabr oyigacha davlat xavfsizligi idoralarida turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Kun.uz tahririyati Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni munosabati bilan tizimning barcha fidoyi xodimlarini samimiy muborakbod etadi. Konstitutsiyaviy tuzumni, suverenitetni, hududiy yaxlitlikni turli tahdidlardan himoya qilish hamda qonun ustuvorligini ta'minlashdagi xizmatlarni ado etishda muvaffaqiyat yor bo‘lsin.

Top