23:11 / 27.09.2021
3462
Bayden koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi dozasi bilan emlandi

78 yoshli Bayden Pfizer vaksinasining ikki dozasini o‘tgan yil dekabr va shu yil yanvarda olgandi. 

Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Jo Bayden koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi dozasi bilan emlandi.

"Yoshim 65dan oshdi. Shuning uchun bugun buster dozani olyapman", - dedi Bayden. 

78 yoshli Bayden Pfizer vaksinasining ikki dozasini o‘tgan yil dekabr va shu yil yanvarda olgandi.

O‘tgan haftada mamlakatda 65 yoshdan kattalar va xatar guruhiga kiruvchilarni Pfizer vaksinasining uchinchi dozasi bilan emlashga ruxsat berilgandi.

Mavzuga oid
Top