20:56 / 27.09.2021
45661
Qozog‘istonda O‘zbekistondagi mediamagnatlar haqida material e'lon qilindi

Qozog‘istondagi ztb.kz nashri O‘zbekistondagi xususiy nashrlar kimlarga tegishli ekani haqida ma'lumot to‘pladi. Materialda «Zo‘rTV» telekanali rahbarlaridan biri Akfa tizimidan chiqqani, «Milliy» telekanalini Komil Allamjonov boshqarishi, Senat raisi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning kuyovi katta mediaholding asoschisi hisoblanishi aytilgan.

Zo'r TV

Zo'r TV telekanalining 50 foizlik ulushi Shuhrat Ahmedov va Ismoil Isroilovga tegishli. Birinchisi «Vodiy sadosi»  radiostansiyasi raisi va «Tasvir» nashriyotining 65 foizlik aksiyasiga («Tasvir» jurnali, «Optovik» haftalik), jurnallar va davriy nashrlarni chiqaradigan East Star Media'ning 33 foiziga egalik qiladi.

Ismoil Isroilov PRO FM, Power Construction Planet (Discover Invest brendidan foydalanadi), Durable Management (Durable Beton asoschisi) aksiyalariga egalik qiladi. Ilgari Akfa Engineering and Management kompaniyasi direktori va direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Milliy telekanali

Milliy  telekanalini Milliy ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi raisi Komil Allamjonov boshqaradi (100 foiz aksiya).

Sevimli telekanali

Sevimli kanali «Master media» ishlab chiqarish va efirini namoyish etadi, kompaniyaning ustav kapitalini Firuza Sharapova (70 foiz), Amira Rashidova - «O‘zbekkino» milliy agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqovning qizi (20 foiz) va Abdullajon Abduxoliqov (10 foiz) bo‘lishadi.

MY5 telekanali

«Mening yurtim» (MY5) telekanalining 61 foizi Yoshlar bilan ishlash agentligiga tegishli. Bundan tashqari, o‘sha bo‘lim Yoshlar telekanalining 100 foiziga egalik qiladi.

Kun.uz 

Eng ko‘p o‘qiladigan axborot saytlaridan biri sifatida e'tirof etilgan — Kun.uz sayti ta'sischisi sifatida Web Expert MChJ keltirilgan. Uning egalari - tadbirkorlar Umid Shermuhammadov va Maxsud Asqarov.

Daryo.uz

Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reyestrida O‘zbekistondagi yana bir eng yirik xususiy internet nashrlardan biri bo‘lgan Daryo.uz saytiga egalik qiladigan Simple Networking Solutions kompaniyasi ta'sischilari ko‘rsatilmagani aytilgan. Avvalroq ushbu MChJning 100 foizlik ulushi davlat korxonasi - «O‘zbektelekom»ga o‘tgani ma'lum bo‘lgandi (yaqingacha ushbu MChJning 50 foizi «O‘zbektelekom»ga tegishli bo‘lgan). 

Gazeta.uz

Gazeta.uz Suren Sapov boshchiligidagi «Afisha Media-holdingi» tarkibiga kiradi. Suren Sapov O‘zbekiston Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning kuyovi hisoblanadi. 

Uznews.uz

Uznews asoschisi - News Media Group, uni iqtisodchi mutaxassis Bekzod Yusupov boshqaradi.

Podrobno.uz 

«Podrobno»ni  ko‘p yillar O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida ishlagan jurnalist va muharrir Andrey Teshayev boshqaradi.

Top