13:43 / 27.09.2021
8781

Shavkat Mirziyoyev: Odamlarning iqtisodiy holatiga qarab uy-joyga narx belgilaymiz 

Amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi kichik sanoat zonasida O‘zLiDeP tomonidan tashkillashtirilgan saylovchilar bilan uchrashuvda aholini uy-joy bilan ta'minlash masalasiga to‘xtaldi.

Foto: KUN.UZ

“Namangandan keyin Farg‘onaga, Bag‘dodga boramiz. U yerda qurilgan 9 qavatli uylar bilan tanishamiz. Bu qurilishlar o‘rnak, har bir hududda bo‘lishi kerak. Oxirgi yillardagi bunyodkorlikni o‘zingiz ham kuzatib turibsiz. Endi 9 qavatli uylar ham kichik bo‘lib qolyapti. 16-20 qavatlilar kerak bo‘lyapti. 

Aholini yangi qurilgan ijtimoiy uy-joylar bilan ta'minlashda oilaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga qaraymiz. Kambag‘alga kamroq narx qo‘yamiz, imkoni borga ko‘proq. Mana shu ham islohotlarga, inson qadriga bir misol bo‘ladi”, – deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Bundan oldin Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatidagi eng dolzarb masala sifatida 127 mingdan ziyod aholi ishsizligi, har yili mehnat bozoriga qo‘shimcha 42 ming nafar yoshlar kirib kelayotgani, 27 ming oila doimiy daromad manbaiga ega emasligini bildirgandi.

Top