17:12 / 27.09.2021
12679
Xitoy energetika inqiroziga duch keldi: ayrim zavodlar faoliyati to‘xtatildi

Mikrochiplar ishlab chiqaruvchi Unimicron Technology kompaniyasi 26 sentyabrdan 30 sentyabrgacha ishlab chiqarishni to‘xtatganini ma'lum qildi.

Foto: Unsplash

Xitoyning shimoliy hududlarida elektr energiyasi yetishmovchiligi bois aholi elektr ta'minotidan uzib qo‘yilmoqda, ayrim zavodlar faoliyatini to‘xtatdi, deb xabar berdi Bloomberg.

Reuters agentligining yozishicha, xususan, Apple va Tesla kompaniyalariga butlovchi qismlar yetkazib beruvchi korxonalar yopilgan.

Qayd etilishicha, hukumatning ekologik vaziyatni yaxshilash doirasida zararli chiqindilarni qisqartirish bo‘yicha choralari hamda ko‘mir va gaz narxining qimmatligi ana shunday vaziyat kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.

Mikrochiplar ishlab chiqaruvchi Unimicron Technology kompaniyasi 26 sentyabrdan 30 sentyabrgacha ishlab chiqarishni to‘xtatganini ma'lum qildi.

iPhone dinamiklari uchun detallar ishlab chiqaradigan Concraft kompaniyasi besh kunga faoliyatini to‘xtatdi.

Tayvandagi United Microelectronics Corp va Taiwan Semiconductor Manufacturing kompaniyalari esa faoliyatini davom ettirishini bildirdi.

Avvalroq Buyuk Britaniyada gaz narxi yuqoriligi sababli ayrim zavodlar faoliyatini to‘xtatgani xabar qilingandi.

Top