15:54 / 27.09.2021
8050

Xitoyda maktab o‘quvchilarining liboslariga mikrochiplar o‘rnatilmoqda

O‘quvchi "xavfli hudud"ga kirib qolsa, uning oilasi yoki o‘qituvchisining mobil telefoniga signal yuboriladi. Shuningdek, mikrochip o‘zaro xabar almashish imkoniyatini beradi.

Foto: maxppp.com

Xitoyning Chjuxay shahrida o‘quvchilarning harakatlanishini kuzatish uchun sinov tariqasida ularning liboslariga mikrochiplar o‘rnatilmoqda. Bu haqda France Info xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu yangilik bolalarni real vaqt rejimida kuzatib turishga yordam beradi.

O‘quvchi "xavfli hudud"ga kirib qolsa, uning oilasi yoki o‘qituvchisining mobil telefoniga signal yuboriladi. Shuningdek, mikrochip o‘zaro xabar almashish imkoniyatini beradi.

Ayrimlar bu yangilikni jinoyatchilarni kuzatishga mo‘ljallangan elektron bilaguzuklarga qiyoslamoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, butun dunyodagi kuzatuv kameralarining yarmi Xitoyga to‘g‘ri keladi. Ayrim kameralar bevosita sinf xonalariga o‘rnatilgan.

Mavzuga oid
Top