00:11 / 28.09.2021
20839

Futzal bo‘yicha JCh. Portugaliya Ispaniyani, Qozog‘iston Eronni kambek bilan mag‘lub etdi va yarimfinalga yo‘l oldi

Litvada o‘tayotgan jahon chempionatida ikkinchi yarimfinal juftligi ham ma'lum bo‘ldi. 

Portugaliya Ispaniyaga qarshi bahsda ikki to‘p farqini yo‘qqa chiqarib, o‘yinni qo‘shimcha bo‘limlarga olib bordi va unda g‘alabani ilib ketdi. 

Qozog‘iston esa Eron bilan o‘yinda 0:2 hisobini 3:2ga aylantira oldi.

Shu tariqa yarimfinalda 29 sentyabrda Braziliya Argentinaga qarshi, 30 sentabr kuni Qozog‘iston Portugaliya bilan to‘qnash keladi.

Futzal. JCh. 1/4 final. 27 sentabr

Ispaniya — Portugaliya 2:4
Gollar:
Adolfo (21), Adri (23) — Andre (31), Ziki (36), Rayya (43, avtogol), Varela (48). 

Eron — Qozog‘iston 2:3
Gollar:
Oladgobad (8), Ismoilpur (15) — Samimi (25, avtogol), Knaub (29),  Taynan (39).

Mavzuga oid
Top