14:25 / 28.09.2021
6859
Mixail Saakashvili Tbilisiga kelgan zahoti qamoqqa olinishi aytildi

Irakliy Garibashvilining so‘zlariga ko‘ra, "Saakashviliga sirtdan hukm chiqarilgan va u qamalishga loyiq".

Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili mamlakatga kelishi bilan hibsga olinadi, dedi Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili.

"Saakashvili yerimizga qadam qo‘yishi bilan hibsga olinadi va qamoqqa jo‘natiladi", — dedi u Saakashvilining Gruziyaga kelishi haqidagi xabarlarga izoh berarkan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, "Saakashviliga sirtdan hukm chiqarilgan va u qamalishga loyiq".

"Bugun davlatimiz kuchli va hozir u boshboshdoqlik va beqarorlik orqali hokimiyat tepasiga kelgan 2003 yil emas", — deb ta'kidladi Garibashvili.

Avvalroq hozirda Ukrainada yashayotgan Mixail Saakashvili 2 oktyabrga Tbilisiga aviachipta sotib olganini ma'lum qilgandi

Top