11:45 / 28.09.2021
4664

«O‘zimga yuklatilayotgan mas'uliyatni juda yaxshi his qilib turibman» – Shavkat Mirziyoyev

Bugun, 28 sentabr kuni prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida O‘zLiDeP tomonidan tashkillashtirilgan saylovchilar bilan uchrashuvda ishtirok etmoqda. 

Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, Bog‘dod tumani Guliston mahallasida tashkil etilgan uchrashuvda nomzod olqishlar va “Mirziyoyev-Mirziyoyev” degan hayqiriqlar bilan kutib olindi.

Tadbirni senator, shoira Enaxon Siddiqova ochdi va an'anaga ko‘ra nomzod haqida ma'lumotlar taqdim qildi. Shundan keyin nomzodga so‘z berildi:

“Buyuk ziyolilar, shoirlar yurti bo‘lgan Farg‘ona viloyatiga kelganimdan mamnunman. Butun respublika bo‘yicha kezib, o‘tgan 5 yildagi ishlarimizni sarhisob qilyapmiz, yangi rejalarimizni tanishtiryapmiz. 

Bugungi Farg‘ona yoki Bog‘dod kechagi emas, o‘zimiz ham kechagi odamlar emasmiz. Menga ishonch bildirib, nomzod sifatida ko‘rsatganingiz uchun katta rahmat. Bugungi globallashuv jarayonida, tahlikali zamonda men o‘zimga yuklatilayotgan mas'uliyatni juda yaxshi his qilib turibman.

Bu yerga kelguncha bir xonadonga kirdim va tanishgan oilamning shukronasini eshitib ko‘nglim ko‘tarildi. Dilimdan bir fikr qayta o‘tdi – qilsa bo‘lar ekan-ku!

Xudo xohlasa, menga qancha umr bersa shu xalqimga, jumladan farg‘onaliklarga xizmat qilaman”, – deya nomzodning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzu
Saylov-2021
Saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra saylovlar oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilandi. 2021 yilgi prezidentlik saylovi 24 oktyabrga to‘g‘ri kelmoqda.
Barchasi
Top