12:24 / 28.09.2021
7110
Toliblar vakili BMT bosh kotibi maxsus vakili bilan uchrashdi
Foto: Global Look Press

“Tolibon” tomonidan Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Amir Xon Muttaqiy BMT bosh kotibining maxsus vakili va Afg‘onistonga ko‘mak ko‘rsatish missiyasi rahbari Debora Layons bilan uchrashdi.

“Afg‘oniston tashqi ishlar vazirligidagi uchrashuvda BMTning maxsus vakili Muttaqiy bilan Afg‘onistondagi gumanitar inqirozni, BMTning mamlakatdagi faoliyatini va barcha afg‘onlar – erkaklar bilan bir qatorda ayollar ham mamlakat oldida turgan ulkan gumanitar hamda rivojlanish muammolarini hal qilish uchun o‘ta zarurligini muhokama qilgan”, deb aytilgan missiya xabarida.

Muttaqiy harakat nomidan BMT xodimlarining xavfsizligi ta'minlanishiga va'da bergan.

Bundan tashqari, xabarda Afg‘onistonning yangi hukumati tibbiy muassasalar va boshqa sohalarda faoliyat yuritgan ayollarni o‘z ish joylariga qaytishga chaqirgani aytilgan.

18 sentyabrda Afg‘onistonning yangi hukumatini batamom shakllantirish uchun toliblarga bir necha oy talab etilishi ma'lum qilingan. Ayni vaqtda tayinlangan vazirlar o‘z vazifasini bajaruvchilar hisoblanadi.

Mavzuga oid
Top