20:18 / 28.09.2021
20500
Xitoy “ko‘rinmas” qiruvchi samolyotini ilk bor namoyish qildi

Xitoyning Chjuxay shahrida o‘z ishini boshlangan aviako‘rgazmada xitoylik aviasozlar tomonidan yaratilgan J-20 turidagi “ko‘rinmas” qiruvchi samolyot birinchi marta namoyish qilindi.

CNN telekanalining xabar berishicha, stels texnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan samolyot Xitoyda ishlab chiqarilgan dvigatellar bilan jihozlangan. Ekspertlarning ta'kidlashicha, J-20 ikkita asosiy jangovar vazifani bajarishga mo‘ljallangan: havo-havo jangini olib borish va yerdagi kuch hamda obektlarga hujum qilish.

Ta'kidlanishicha, ushbu samolyot dunyodagi eng yaxshi “ko‘rinmas” qiruvchi samolyot deb e'tirof etiluvchi F-22’ga Xitoyning javobi sifatida namoyish qilingan.

Avvalroq Xitoyda dunyodagi eng yirik aerokosmik ko‘rgazma ochilishi, u 28 sentyabrdan 3 oktyabrgacha davom etishi ma'lum qilingandi. Ma'lumotlarga ko‘ra, unda 40 dan ortiq mamlakat hamda aerokosmik va harbiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi 700 ta kompaniya ishtirok etadi.

Top