08:41 / 29.09.2021
6359

Korxona va tashkilotlarda ishlovchilarning aksariyati o‘rta maxsus ma'lumotli ekani ma'lum bo‘ldi

O‘zbekistonda korxona va tashkilotlarda ishlovchilarning aksariyati o‘rta maxsus ma'lumotli. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida korxona va tashkilotlarda ishlovchilarning ma'lumot darajasi bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

  • oliy ma'lumotli — 28,9 foiz;
  • o‘rta maxsus ma'lumotli — 55,6 foiz;
  • o‘rta va to‘liqsiz o‘rta ma'lumotli — 15,5 foiz.

Avvalroq, ikkinchi va undan keyingi ta'limni olish tartibi tasdiqlangandi.

Oliy ma'lumotga ega bo‘lgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta'limni olishi mumkin.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta'lim bo‘yicha qabul parametrlari OTM kengashi tomonidan belgilanadi. 

O‘qishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10 iyuldan 10 avgustgacha (shu kuni ham) Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus elektron tizim orqali ro‘yxatdan o‘tadi.

Top