09:20 / 29.09.2021
25597
O‘zbekistonda havo harorati keskin pasayishi kutilyapti

30 sentyabrda O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 1-3 oktyabrda respublikaning qolgan hududlariga Volgabo‘yi orqali Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. 

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 1-3 oktyabrda havo harorati kechalari asta-sekin 3-8 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 12-17 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 0-5 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqqacha pasayadi.

1-2 oktyabrda respublika bo‘yicha ba'zi joylarda, 3 oktyabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, 2-3 oktyabrda tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi.

30 sentyabrda va 1-2 oktyabrda respublika bo‘yicha ba'zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Mavzuga oid
Top