11:48 / 29.09.2021
7240
Shavkat Mirziyoyev: Afg‘on xalqi ham, toliblarning o‘zi ham urushdan charchagan 

Andijonda saylovchilar bilan uchrashayotgan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev yana bir bor afg‘on muammosiga to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

“Afg‘oniston nima qilsak ham qo‘shnimiz, qo‘shnini esa tanlab bo‘lmaydi. Kuni kecha chegarani buzib o‘tishga uringanlar yo‘q qilingani haqida aytdim, bundan keyin ham shunday bo‘ladi albatta. Chunki O‘zbekiston o‘z daxlsizligini buzishga yo‘l qo‘ymayman. 

Shu bilan birga, Afg‘onistonda tinchlik-osoyishtalik o‘rnatilishi uchun qo‘limizdan kelganicha yordam berishga tayyormiz. Bir narsani bilishimiz kerak – afg‘on xalqi ham, toliblarning o‘zi ham urushdan charchagan. 

Qo‘shnimiz bilan do‘stona munosabat muhimligining yana bir misoli – Qirg‘iziston. Sizlar chegarada yashaysizlar, hozir bemalol bordi-keldi qilyapsizlar. Biz Qirg‘iziston prezidenti Sadir Nurgojayevich do‘stmiz bilan barcha muammolarni birgalikda, bamaslahat hal qilyapmiz. Hal qilsa bo‘lar ekan-ku”, deya nomzodning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Top