20:48 / 30.09.2021
2565
Agrobank xalqaro iqtisodiy forumda ishtirok etdi

Keyingi yillarda mamlakatimizda iqtisodiyotni yanada taraqqiy ettirish maqsadida xalqaro moliya institutlari bilan faol muloqotga kirishilib, bu borada o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnatib kelinmoqda.

Joriy yilning 29-30 sentabr kunlari poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston: Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” mavzusida iqtisodiy forum ham ayni shu jarayondagi islohotlarning mantiqiy davomidir.

Mazkur anjuman doirasida yurtimizda so‘nggi besh yilda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar, to‘plangan tajribalar, iqtisodiyot tarmoqlar transformatsiyasi, ularning tahlili va iqtiqboldagi vazifalari hamda amalga oshirish mexanizmlari muhokama etildi.

Tadbirda turli tashkilot va tijorat banklar bilan bir qatorda “Agrobank” ATB vakillari ham ishtirok etdi.

Ushbu xalqaro forum doirasida “Agrobank” ATB tomonidan Germaniyaning Landesbank Hessen-Thüringen (Helaba), Rossiyaning PAO “Sovkombank” hamda PAO “MKB” (Moskva Kredit Banki) banklari bilan o‘zaro manfaatli moliyaviy kelishuvlar imzolandi.

Forum doirasida iqtisodiyotning dolzarb yo‘nalishlaridagi mavzularga bag‘ishlangan, xalqaro ekspertlar va yuqori tajribaga ega mutaxassislar ishtirokida ochiq muhokama va munozalar bo‘lib o‘tdi.

“Agrobank” ATB Matbuot xizmati Ⓣ

Top