14:31 / 30.09.2021
6918
“Ikki o‘g‘limiz nobud bo‘ldi, endi qizimizda og‘ir dard” – yosh oila yaxshilar yordamidan umidvor

Bu yosh oilaning hayotda sinovi qattiq bo‘lmoqda. Ular allaqachon ikki farzandidan ayrilgan. Afsuski, bir necha oy avval ularning uchinchi farzandlariga ham og‘ir xastalik tashxisi qo‘yildi.

Jomboy tumani Eski Jomboy mahallasida istiqomat qiluvchi Durdona Roziqova qizi Umidaxonning yaxshi rivojlanmayotganini payqab qoldi. Hududiy shifokorlarga ko‘rsatgach, muammo chaqaloqning jigari bilan bog‘liqligini aytishadi.

“Ikki o‘g‘limiz juda yoshligida nobud bo‘ldi. Shifokorlar shundan keyin turmush o‘rtog‘im ikkimizni tekshirib, qonimizda infeksiya bor, deya tashxis qo‘yishdi. Bir muddat davolanganimizdan so‘ng Umidaxon tug‘ildi. U tug‘ilganda juda xursand bo‘ldik. Biroq quvonchimiz uzoqqa cho‘zilmadi. Samarqand va Toshkentdagi mutaxassis-shifokorlarga ko‘rsatdik. Umidaxonga billiar jigar sirrozi tashxisi qo‘yishdi.

Turmush o‘rtog‘im davlat tashkilotida haydovchi bo‘lib ishlaydi. Bir oylik daromadimiz ikki million so‘mgayam yetmaydi, ammo qizimning bir oylik muolajalari uchun o‘rtacha ikki-uch million so‘m ketyapti. Baraka topishsin, turmush o‘rtog‘imning ishxonasi, yaqinlarimiz moddiy tomondan ko‘maklashib turishibdi. Ammo shifokorlar Umidaxonni tezlik bilan operatsiya qildirmasak, ahvoli yanayam og‘irlashishi, koma holatiga tushib qolishi mumkinligini aytishyapti. Hindistonlik shifokorlar bilan gaplashildi, qizimning operatsiyasini o‘sha yerda o‘tkazsak, tuzalib ketish ehtimoli katta ekan. Operatsiya qiymatini taxminan 30 ming dollar deyishyapti. Bor imkoniyatimizdan foydalanamiz, yaqinlarimiz ham yordam berishmoqchi. Farzandimizning yashab ketishi uchun har qanday qiyinchilik va sinovlar bo‘lsa ham tayyormiz” deydi Durdona Roziqova.

Durdona Roziqovaning aytishicha, qizining operatsiyasini o‘tkazishga rozilik bildirgan hindistonlik shifokorlar bilan telefon orqali suhbatlashib turilibdi. Hujjatlar, tashxislar yuborilgan. Ammo yosh oilaning bunday operatsiyani o‘tkazish uchun yetarli mablag‘i yo‘q. Shu sababli yaxshilar ko‘magiga muhtoj bo‘lib turishibdi. Bu oilaning og‘ir sinovlardan o‘tib olishida saxovatpesha yurtdoshlarimizdan yordam so‘rab qolamiz.

Umida O‘rolovaga oid ma'lumotlar:

«Agrobank»dan ochilgan «Humo» karta: 9860 0303 1936 0662 otasi Anvar Djabbarov nomida

«O‘zsanoatqurilishbank»dan ochilgan VIZA karta: 4097 8209 0040 8227 otasi Anvar Djabbarov nomida

Umidaxonning onasi Durdona Roziqovaning telefon raqami: +998990703611

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top