12:08 / 30.09.2021
5066
“Ipak Yo‘li” AITBning Strategik sessiyasi bo‘lib o‘tdi

2021 yil 15-16 sentabr kunlari Ipak Yo‘li Banki keyingi 3 yillik rivojlanishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish maqsadida Strategik sessiya o‘tkazdi. Sessiyada Bank aksiyadorlarining vakillari, Kuzatuv kengashi va Bankning boshqaruv a'zolari, biznes yo‘nalishlar va filiallarning rahbarlari ishtirok etishdi.

Bank tomonidan xorijiy aksiyadorlar, jumladan 2020 yil Bankka sarmoya kiritgan Germaniyaning DEG taraqqiyot moliya instituti hamda Niderlandiyaning Triodos Investment Management (Triodos IM) kompaniyasi vakillarining faol ishtiroki bilan birinchi marta bunday yirik Strategik sessiya tashkil qilindi. Ishtirokchilar O‘zbekistondagi bank-moliya sektorining rivojlanishi, Bankning hozirgi faoliyati va asosiy bozordagi o‘rni, shuningdek Ipak Yo‘li Bankining 2022-2024 yillardagi rivojlanish istiqbollarini muhokama qilishdi.

Strategik sessiya doirasida Bankning xorijiy aksiyadorlari vakillari strategik rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘z prognozlari va taxminlari bilan bo‘lishishdi.

Syuzanna Deker - DEG vakili: Bu pandemiyadan keyingi keng qamrovli birinchi uchrashuvimizdir, chunki biz Bankning kelgusi strategik rivojlanishi masalasiga duch kelmoqdamiz. Bizning maqsadimiz texnologik qadamlar va yangi bank mahsulotlarini ishlab chiqishni ta'minlashdan iborat bo‘lib, shu sababli biz Ipak Yo‘li Bankining bank sektoridagi mavqeyini mustahkamlash va yanada o‘sishi uchun imkoniyatlar yaratish maqsadida bank kapitalini oshirish bo‘yicha kelgusida qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilmoqdamiz.

Rozanna Sarkeyeva - Triodos IM vakili: O‘tkazilayotgan uchrashuv va muhokamalar Bank uchun juda foydali. Birinchi navbatda, O‘zbekistonda rivojlanish uchun juda katta va keng imkoniyatlar mavjud. Qabul qilinadigan strategiya Ipak Yo‘li Bankiga bozorda barqaror o‘sishni davom ettirishga, bank mahsulot turlarini kengaytirishga va kichik biznes mijozlariga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatuvchi va xususiy sektorning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlovchi Bank sifatida ajralib turishiga imkon beradi deb umid qilamiz.

Bundan tashqari, DEG va Triodos IM vakillari Toshkentga tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ham uchrashuv o‘tkazdilar. Uchrashuv davomida ishtirokchilar mamlakatning bank sektoridagi so‘nggi tendensiyalar va o‘zgarishlarni, shuningdek investorlarning yaqin kelajakda qo‘shimcha sarmoya kiritish rejalarini muhokama qilishdi.

Ushbu tadbirning muhim vazifalaridan yana biri Bankning kuchli tomonlari va afzalliklarini o‘zida mujassam etgan korporativ madaniyatni shakllantirishdan iborat edi.

Bank strategiyasini muhokama qilish va rivojlanish yo‘nalishlarini xorijiy aksiyadorlar vakillari va chet ellik mutaxassislarni jalb qilingan holda belgilash, Bankka korporativ boshqaruv sohasida bank sektorida jahonning eng yaxshi tajribalarini joriy etish imkonini beradi.

DEG - Deutsche Investitions- und Entwicklungsgesellschaft

DEG - KfWning shu'ba korxonasi deyarli 60 yil mobaynida rivojlanayotgan mamalakatlarda faoliyat ko‘rsatuvchi xususiy sektor korxonalari uchun ishonchli sherik bo‘lib kelmoqda. DEG o‘z mijozlariga individual yondashgan holda moliyalashtirish, reklama dasturlari va maslahatlarni o‘z ichiga olgan maxsus yechimlarni taklif qiladi. Bu orqali ular muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanishi, shu bilan birga mahalliy darajada qo‘shimcha qiymat va yangi ish o‘rinlari yaratishi mumkin. DEG qariyb 80 mamlakatda 8,5 milliard yevroga yaqin portfeli bilan dunyodagi eng yirik xususiy sektorni moliyalashtiruvchilardan biri bo‘lib kelmoqda.

Batafsil ma'lumot: www.deginvest.de

Triodos Investment Management

Triodos Investment Management (Triodos IM) o‘z mablag‘larini uzoq muddatli ijobiy o‘zgarishlar uchun ishlashini istagan investorlarning keng doirasini, innovatsion tadbirkorlar va barqaror biznes bilan bog‘laydi. Bunda Triodos IM adolatli, barqaror va insonparvar dunyoga o‘tishda muhim rol o‘ynaydigan sohalarda katalizator bo‘lib xizmat qiladi. Kompaniya 25 yil davomida energiya va iqlim, moliyaviy inklyuziya va barqaror oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi kabi sohalarga, shuningdek, barqaror jamiyatga o‘tishga katta hissa qo‘shadigan kompaniyalarga sarmoya kiritib kelmoqda. Triodos IM global miqyosda faoliyat ko‘rsatuvchi investor maqomiga ega bo‘lib, u 50 dan ortiq mamlakatlarda qiymati 6 milliard yevroga teng bo‘lgan 750 dan ortiq investitsiyalarni boshqaradi (2021 yil iyun holatiga). Triodos IM 1980 yilda tashkil qilingan Triodos Bank NV shu'ba korxonasi hisoblanadi. 

Batafsil ma'lumot: www.triodos-im.com

Reklama huquqi asosida

Top