16:07 / 30.09.2021
9349
LG OLED EISA 2021 marosimida eng yaxshi premium televizor deb e'tirof etildi

Uy-ro‘zg‘or ishlari uchun LG kompaniyasining innovatsion yechimlari maishiy elektronika sohasidagi jahonning yetakchi ekspertlari tomonidan yana bir bor qayd etildi.

LG Electronics (LG) kompaniyasi 2021-2022 yillar mavsumidagi EISA Awards marosimida uy-ro‘zg‘or borasidagi innovatsiyalar sohasida o‘z mukofotlari ro‘yxatini yana beshtaga oshirdi.   Har yili maishiy elektronika bo‘yicha dunyoning yirik tahririyat tashkiloti bo‘lgan Expert Imaging and Sound Association assotsiatsiyasi tomonidan an'anaviy o‘tkaziluvchi EISA mukofoti bir necha LG mahsulotlariga ustuvor xususiyatlari va ajoyib dizayn sababli taqdim etildi:  LG OLED televizorlari (OLED65G1, OLED48C1 modellari), LG QNED Mini LED televizori (75QNED99 modeli), LG Eclair saundbari (QP5 modeli) va LG TONE Free True Wireless Stereo quloqchini (FP8 modeli).

LG mahsulotlari EISA mukofotini turli nominatsiyalar bo‘yicha o‘ninchi yil ketma-ket olib kelmoqda. Joriy yilda 65-dyuymli LG G1 OLED-televizori  EISA 2021–2022 bo‘yicha «Eng yaxshi premium OLED televizori» sifatida e'tirof etildi. LG 65G1 yuqori yorqinlik va kuchli α (Alpha) 9 Gen 4 AI protsessoriga ega OLED evo paneli tufayli tasvir sifatining yangi standartlarini yaratadi. EISA hakamlari Dolby Vision IQ va Dolby Atmos texnologiyasi ko‘tara olishi, shuningdek,  HDMIga ishonchli ulanish va keng ko‘lamli intellektual funksiyalar sababli LG televizorlarini «hayratlanarli bayonot» sifatida qayd etishdi.

48-dyuymli LG C1 OLED televizori «O‘yinlar uchun eng yaxshi televizor» EISA tarixidagi birinchi mukofotni qo‘lga kiritdi.  LG o‘z OLED-paneli va barcha to‘rtta HDMI kirish qismlarida Dolby Vision HDR bilan videolarni tahrirlash funksiyasi, 120 Gs tezlikda kadrlarni yangilash chastotasiga ega universal 48-dyuymli 4K ekrani bilan mehmonxona uchun ham, o‘yin xonalari uchun ham mukammal tarzda mos kela oladi.

Bundan tashqari, LG Game Optimizer va Game Dashboard funksiyalari turli o‘yin janrlari va sozlanuvchi tasvir parametrlari, boshqariluvchi yangilanish tezligi (VRR) hamda kesilgan kadrlarsiz vizual effekt uchun past darajadagi tutiluvchi avtomatik rejim (ALLM) va tezkor boshqaruv uchun avvaldan sozlanishlarni ta'minlab beradi.

Joriy yilda EISA «Eng yaxshi 8K televizori» mukofoti tasvirni katta detallashtiruvchi, Quantum Dot NanoCell texnologiyasining mutanosibligi sababli yanada aniq ranglarni va odatiy televizorlar bilan solishtirganda mini LED yorug‘ligini ta'minlab beruvchi LG QNED Mini LED televizoriga nasib etdi. LG Quantum Dot NanoCell paneli yuqori yorug‘lik hamda chuqur qora rangni ta'minlaydi, noyob qorartma zonasiga ega mukammallashtirilgan yoritkichlar esa yuqori kontrast koeffitsiyentli aniq yoritishni ta'minlaydi.

EISA «Saundbarlarda innovatsiyalar» mukofotiga esa LG Eclair loyiq deb topildi. Istalgan interer bilan uyg‘unlasha oluvchi dumaloq dizayn va minimalistik matodagi korpusga ega LG’ning eng ixcham saundbari  ayniqcha, katta bo‘lmagan uylar uchun mos keladi.  Ushbu qulay va shu bilan birga kuchli texnikaga ikkita 5,25-dyuymli dinamika va tebranishlarni minimallashtiradigan bipolyar konfiguratsiyali simsiz sabvufer o‘rnatilgan. Bu esa o‘z navbatida, foydalanuvchilar qo‘shnilarni bezovta qilmagan holda chuqur basdagi toza ovozdan bahra olishlariga imkon beradi.  

LG TONE Free quloqchinlari ilk marotaba TWS boshqa biron bir mahsulotida uchramaydigan keng funksiyalarga ega betakror ovoz uchun «Eng yaxshi quloq -quloqchinlari» mukofotiga sazovor bo‘ldi. LG 3D Sound Stage yangi texnologiyasiga ega bo‘lgan holda LG FP8 modeli yanada yirik drayverlar va buzilishlarsiz basni hosil qilish uchun diafragmalar yordamida sho‘ng‘ish hissiyotini yaratadi. UV-C ultrabinafsha yoritkichli LG UVnano qoplamalari simli yoki simsiz zaryadlash vaqtida quloqchinlardagi mikrob hamda bakteriyalarni yo‘q qiladi. 10 soatli  avtonom ish vaqti, tezkor zaryadlash funksiyasi va namlik, changlikdan IPX4 himoyasi esa – ergonomik dizayni bilan qo‘shganda LG TONE Free quloqchinlarini yo‘lda foydalanishga va faol hayot tarzi uchun yanada qulay qiladi.

Sayt: lg.com/uz/oled-televisions

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top