17:39 / 30.09.2021
2518

Samarqandda treylerga ortilayotgan poyezd vagoni yo‘lni to‘sib qolgani aytildi. Holat bo‘yicha IIB izoh berdi

Foto: KUN.UZ

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand ko‘chalaridan birida treylerga ortilayotgan poyezd vagoni yo‘lni to‘sib qo‘ygani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB axborot xizmati holat haqida ma'lumot berdi.

Ma'lum qilinishicha, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan Toshkent shahridan Samarqand temir yo‘l texnikumiga o‘quv amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun 1 ta yo‘lovchi va 1 ta yuk vagonlari temir yo‘l orqali yuborilgan.

Temir yo‘l texnikumgacha bormagani sababli vagonlar ko‘tarma kran orqali maxsus yuk mashinalariga ortilib, manziliga yuborilgan.

O‘quv vagonlarini maxsus yuk mashinalariga ortish tadbiri viloyat IIB YHXB bilan hamkorlikda amalga oshirilgan va vagonlar Samarqand temir yo‘l texnikumiga olib borilgan.

Qayd etilishicha, vagonlarni olib borish davomida xavfsizlik qoidalariga to‘liq rioya qilingan. Jarayonda hech qanday ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y bermagan.

Top