10:06 / 30.09.2021
453
Surxondaryoda yer sotishini aytib fuqaroning 4 400 dollar pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida yer sotishini aytib fuqarolardan birining 4 400 AQSh dollarini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 10 sentyabr kuni Denov tumani Buyuk kelajak mahallasida yashovchi I.Soliya, tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Arizada u, 2021 yil yanvar oyida, tumanning Jomiy mahallasida yashovchi, O.Umid, tumanning Bog‘ishamol mahallasida joylashgan 5 sotix yerni o‘zining nomida ekanini aytib 4 400 dollarga sotgani, ammo yerni hanuzgacha rasmiylashtirib bermasdan aldab kelayotganini ma'lum qilgan.

Qayd etilishicha, joriy yil 20 sentyabr kuni O.Umidga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top