21:34 / 30.09.2021
8329
Toliblar Turkiyani Afg‘onistonni tiklash loyihalarida qatnashishga chaqirdi

Turkiya elchisi uning mamlakati “Afg‘onistonda barqarorlik o‘rnatilishini kutayotgani va turli sohalardagi hamkorlikka tayyorligi”ni ta'kidlagan.

Mulla Abdulg‘ani Birodar / Foto: Reuters

Afg‘oniston hukumati raisi o‘rinbosari mulla Abdulg‘ani Birodar Turkiyani Afg‘onistonni tiklash va rivojlantirish loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etishga chaqirdi.

U bu haqda Kobulda Turkiya elchisi Jihod Erginoy bilan uchrashuv davomida aytgan.

“Birodar ikki davlat o‘rtasidagi ijobiy munosabatlar saqlanib qolganini ta'kidladi va Turkiyani Afg‘onistonni tiklash va rivojlantirish loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etishga chaqirdi”, deyiladi Afg‘oniston Islom Amirligining tvitter sahifasidagi xabarda.

O‘z navbatida, Turkiya elchisi uning mamlakati “Afg‘onistonda barqarorlik o‘rnatilishini kutayotgani va turli sohalardagi hamkorlikka tayyorligi”ni ta'kidladi.

1TV telekanalining xabar berishicha, u chorshanba kuni savdo va sanoat vaziri Nuriddin Aziziy bilan muzokaralar o‘tkazgan.

Top