15:01 / 01.10.2021
19900
Chusovitina katta sportga qaytishini e'lon qildi

Sakkiz karra Olimpiada ishtirokchisi va sovrindori Oksana Chusovitina katta sportga qaytishini e'lon qildi.

Afsonaviy gimnastikachi «instagram»dagi sahifasida bu haqda ma'lum qilgan.

«2022 yilgi Osiyo O‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaganimni barchaga ma'lum qilmoqchiman. O‘zbekiston uchun faoliyatimni shunchaki medalsiz yakunlay olmayman», - deya yozgan afsonaviy sportchi.

Eslatib o‘tamiz, jamoaviy bahslarda 1992 yilgi Barselona Olimpiadasi chempioni bo‘lgan Chusovitina Tokio-2020 Olimpiadasi oldidan Yaponiyadagi turnir faoliyatidagi so‘nggisi bo‘lishi haqida ma'lum qilgandi. 

25 iyul kuni Tokioda so‘nggi chiqishini amalga oshirgan Chusovitina Olimpiadani 14-o‘rinda yakunlab, qarsaklar ostida sportdagi faoliyatini tugatgan edi. 

Ma'lumot uchun, uch karra jahon, bir karra Yevropa, ikki karra Osiyo O‘yinlari g‘olibi bo‘lgan 46 yoshli Chusovitina 8 marta Olimpiadada qatnashgan ilk sportchi sifatida Ginnes rekordlari kitobidan joy olgandi.

Top