07:56 / 02.10.2021
6781

2-3 oktyabr kunlari eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish xizmati vaqtinchalik ko‘rsatilmaydi - DXA

2021 yilning 2-3 oktabr (shanba va yakshanba) kunlari eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish xizmati vaqtinchalik ko‘rsatilmaydi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi elektron tizimida texnik-profilaktik tadbirlar amalga oshirilishi mo‘ljallangan.

Xizmatdan foydalanish uchun 4 oktabr, dushanba kunidan ro‘yxatdagi Davlat xizmatlari markazlariga hamda IIBB YHXB bo‘limlariga murojaat qilish mumkinligi aytilgan.

Avvalroq, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga eski haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish muddatini toifalashtirilgan tarzda uzaytirishni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasi joylashtirilgandi.

Taklif etilayotgan qaror loyihasiga ko‘ra, haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddatini uch oydan bir yilgacha uzaytirish nazarda tutilmoqda.

Bu orqali aholida almashtirilmasdan qolayotgan eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish hajmini yil davomida bir maromda taqsimlash, ularning yil yakunida almashtirish joylarida to‘planib qolishlarining oldini olish maqsad qilingan.

Top