15:00 / 02.10.2021
1068
41 nafar ta'lim sohasi xodimlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlanishdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Prezidiumi «1 oktabr – «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat mukofotlari va ko‘krak nishonlari bilan taqdirlash to‘g‘risida»gi qarorni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, bir guruh qoraqalpog‘istonlik ta'lim sohasi xodimlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlanishdi:

«Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq o‘qituvchisi»

Arzimova Altinay Asamatdinovna – Qonliko‘l tumani 1-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o‘rta ta'lim maktabining qoraqalpoq tili va adabiyoti o‘qituvchisi;

Tadjibayev Shavkat Sabirovich – Beruniy tumani 38-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi.

«Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi»

Abdreymova Gozel Kuatbayevna – Taxiatosh tumani 15-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti mudiri;

Baymanov Kenesbay Ibraymovich – Qoraqalpoq davlat universitetining shahar qurilishi va xo‘jaligi kafedrasi professori;

Yerejyepova Zamira Mamutovna – Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligining Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish va tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i;

Ibragimova Ra'no Isakovna – Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialining tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi;

Koshchanov Kutlimurat Moyatdinovich – Nukus davlat pedagogika institutining rus tili va adabiyoti kafedrasi professori;

Piyazov Burkit Zinelovich – Nukus shahar 1-sonli Yesjan baqsi nomidagi bolalar musiqa va san'at maktabining o‘qituvchisi;

Turdimuratova Venera Sag‘inbayevna – Qonliko‘l tumani san'at maktabining direktori;

Xoshniyazov Jalg‘asbay Xoshniyazovich – O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining qoraqalpoq folklori bo‘limi boshlig‘i.

«Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta'limi xodimi»

Bekchanov Qabuljan Salayevich – Ellikqal'a tumani 30-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi;

Davletmuratova Gulmira Atamuratovna – Nukus tumani 1-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o‘rta ta'lim maktabining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari;

Dosnazarov Mirturdi Mambetturdiyevich – Nukus shahar 37-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o‘rta ta'lim maktabining direktori;

Kulimova Gulnara Saliyevna – Mo‘ynoq tumani 1-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi;

Mambetnazarova Gulnara Asqarovna – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligiga qarashli Respublika 3-sonli aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus maktab-internati direktori;

Pirniyazova Baxitgul Tursinbayevna – Qorao‘zak tumani 33-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi;

Saparbayev Azimbay Saburovich – Amudaryo tumani 56-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi;

Tagayev Yerkinbay Yeraliyevich     – Respublika 1-sonli Mehribonlik uyining musiqa fani o‘qituvchisi;

Urazaliyev Kuanishbay Radjapovich – Beruniy tumani 25-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining direktori;

Utambetova Svetlana Yesemuratovna – Nukus shahar 3-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining direktori;

Matyakubov Ataxan Yuldashovich – To‘rtko‘l tumani 59-sonli o‘rta ta'lim maktabining texnologiya fani o‘qituvchisi;

Xalmuratova Raisa Pirjanovna       – Taxiatosh tumani 6-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi;

Xegay Anfisa Vasilevna – Nukus shahar 46-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o‘rta ta'lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.

«Ardaqly nuranyy» ko‘krak nishoni bilan:

Kallibekova Maryash Sharibayevna – Mehnat faxriysi, Qorao‘zak tumani;

Urimbayev Yusupbay– Mehnat faxriysi, Nukus shahri

«O‘atan pidayysy» ko‘krak nishoni bilan:

Aytimbetov Ilxam Jumambetovich – Kegeyli tumani 41-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash rahbari

Bekbao‘ova Baldirg‘an Isamatdinovna – Bo‘zatov tumani 1-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi;

Izbagambetov Polat Bazarbayevich – Qo‘ng‘irot tumani 39-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi;

Jumaniyazov Nurbek Xudayorovich      – Amudaryo tumani 40-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi;

Jumabayeva Amangul Madreymovna – Taxtako‘pir tumani 1-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining kutubxonachisi;

Kadirekova Roza Saparbayevna – Shumanoy tumani 16-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi;

Kalenova Venera Duysenbayevna – Nukus shahar 31-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining direktori;

Kazakov Azat Radjapovich – Nukus davlat pedagogika institutining jismoniy tarbiya kafedrasi boshlig‘i;

Molodsova Valentina Lvovna – Qoraqalpoq davlat universitetining kadrlar bo‘limi boshlig‘i;

Muratova Gulshirin Shaberdiyevna – To‘rtko‘l tumani 45-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi;

Shlimbetova Baxitjan Tolibayevna – Chimboy tumani 40-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi;

Rajabova Xonimjon – Amudaryo tumani «Barkamol avlod» bolalar markazi direktori;

Tajyekeyev Kuuanishbay Yermekbayevich – Nukus tumani 21-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi;

Utemisova Rayxan Aynazarovna        – Qoraqalpoq davlat universiteti akademik litseyining tarix fani o‘qituvchisi;

Utepov Bao‘irjan Orazbayevich – Nukus tumani 21-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi;

Xodjalepesova Umitxan Abdikarimovna – Nukus shahar 28-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Prezident farmoniga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston ta'lim sohasi xodimlari faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlangandi.

Top