20:44 / 02.10.2021
6105

Britaniya shahzodasi Endryu qarzlarini to‘lash uchun yagona uyini sotmoqda

Ma'lum bo‘lishicha, shahzoda Shveytsariyadan sotib olgan uyining pulini to‘liq to‘lay olmagan. Sotuvdan tushgan pul esa ana shu qarzni qoplash imkonini beradi.

Qirolicha Yelizaveta II ning uchinchi farzandi, shahzoda Endryu Shveytsariyaning Verbe tog‘-chang‘i kurortidan sotib olgan shale uslubidagi uyni sotib yuborishga majbur. The Times nashrining yozishicha, bu uning nomidagi yagona mulk hisoblanadi.

Uy uchun 17 million funt miqdorida narx belgilgangan. Bu pul Shveytsariyadagi uyning sobiq egasi Izabel de Ruvr bilan sud jarayoniga nuqta qo‘yish imkonini beradi. Da'vogar javobgardan to‘lanmay qolgan 6,6 mln funt to‘lanishini talab qilmoqda. York gersogi bu uyni sobiq rafiqasi Sara Fergyuson bilan birga 2014 yilda ipoteka shartlari asosida 18 mln funtga sotib olgandi.

“Da'vo qaytarib olingan, chunki nizo bo‘yicha ikki tomonni ham qoniqtiradigan yechim topilish arafasida”, deb aytgan nashrga holatdan xabardor manba.

2019 yil oxiriga kelib ipoteka qarzlari 5 million funtga yetgach, shahzoda oylik to‘lovni to‘xtatib qo‘ygan. 2020 yilning may oyida uyning sobiq egasi uy to‘lovining to‘lanmagan qismi va tovon pulini undirish uchun sudga murojaat qilgan. Ushbu sud ishi ortidan shahzoda Endryu uysiz qolishga yaqin turibdi.

Mavzuga oid
Top