15:29 / 02.10.2021
4556

Dunyoda koronavirus yuqtirish holatlari soni 25 foizga kamaydi

Avgust oyida 20 mln holat aniqlangan bo‘lsa, sentyabrda 15 mln holat qayd etilgan.

Foto: AP

O‘tgan bir oyda dunyoda koronavirus yuqtirish holatlari soni chorak qismga kamaydi. Bu haqda Worldometers ma'lumotlari darak bermoqda.

Avgust oyida 20 mln holat aniqlangan bo‘lsa, sentyabrda 15 mln holat qayd etilgan.

Ayni paytgacha koronavirus yuqtirganlar soni 235 mln 129 ming nafarga yaqinlashgan.

Jami bemorlarning 211 mln 874 ming nafardan ziyodi sog‘aygan, 4 mln 807 ming kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top