15:31 / 02.10.2021
3367
O‘zbekistonda ommaviy emlanishi ko‘zda tutilgan 18 yoshdan katta aholining yarmidan ko‘pi 1-doza vaksinalarini oldi - SSV

2021 yil 30 sentabr holatiga ko‘ra, ommaviy emlanishi ko‘zda tutilgan aholining 53,6 foizi koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasi bilan emlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati ma'lum qildi.

Foto: TASS

“O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksinatsiya boshlanganiga yarim yil bo‘ldi. 2021 yil 30 sentabr holatiga ko‘ra, yurtimizda emlanishi ko‘zda tutilgan aholining yarmidan ko‘pi, ya'ni 53,6 foizi koronavirusga qarshi birinchi doza vaksinalarini olib bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.

Shu kunga qadar yurtimizda 1-doza vaksinalari bilan emlangan aholi soni 11 491 111 nafarga yetgan.

Ma'lumot uchun, shu yilning 1 sentyabridan boshlab aholining 18 yoshdan yuqori bo‘lgan qismini uch bosqichda yoppasiga ommaviy emlash tadbirlari boshlangan edi. Yurtimizda emlanishi ko‘zda tutilgan 18 yoshdan katta aholi qariyb 21,5 million nafarni tashkil etadi.

Shuningdek, 28 sentyabrdan O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va milliy texnik immunologik ekspert komissiyasining qaroriga asosan, yurtimizda ota-onalar va vasiylarining roziligi asosida, ixtiyoriy ravishda 12 yoshdan katta bolalarni Pfizer vaksinasi bilan emlash yo‘lga qo‘yildi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top