12:14 / 04.10.2021
714
Buxoroda ov qurolini noqonuniy saqlagan fuqaroga jinoyat ishi ochildi

Buxoro viloyatining Buxoro tumanida ov qurolini noqonuniy ravishda saqlash holati aniqlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Jondor tumani Alile mahallasida yashovchi 42 yoshli S.S. o‘z uyi yaqinidagi dala maydonida 1950 yilda ishlab chiqarilgan, 16 kalibrli, “ZK” modelli ov qurolini tegishli ruxsatnomasiz saqlab kelayotgani ma'lum bo‘lgan. Ov quroli tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan S.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq Buxoroda Qorako‘l tumani mudofaa bo‘limi boshlig‘i pora olayotgan vaqtida ushlangandi.

Top