14:58 / 04.10.2021
7932

Gruziya Saakashvilini Ukrainaga bermasligi ma'lum qilindi

Avvalroq Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili Mixail Saakashvili Gruziyada qamoq jazosini to‘liq o‘tagachgina Ukrainaga qaytishi mumkinligini aytgandi.

Foto: Reuters

Tbilisi hibsga olingan sobiq prezident Mixail Saakashvilini Kiyevga bermaydi. Bu haqda Gruziya bosh vaziri o‘rinbosari Teya Tsulukiani ma'lum qildi.

U Saakashvili o‘z vatanida qamoq jazosini o‘tashini ta'kidladi.

«Saakashvili Gruziya sudi tomonidan hukm qilingan jazo muddatini Ukrainada o‘tashi to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsak, bizda bunday xohish yo‘q», — dedi u.

Avvalroq Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili Mixail Saakashvili Gruziyada qamoq jazosini to‘liq o‘tagachgina Ukrainaga qaytishi mumkinligini aytgandi.

1 oktabr ertalab Saakashvili ijtimoiy tarmoqlarda Gruziyaga kelganini va Batumida ekanini ma'lum qilgandi. Kechga yaqin esa Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili siyosatchi hibsga olingani haqida xabar berdi. 

Gruziyada Saakashvili bir nechta jinoiy ish bo‘yicha aybdor deb topilgan va ularning ikkitasi bo‘yicha sirtdan jazo hukmiga tortilgan. Jumladan, u prezident bo‘lgan vaqtda o‘z vakolatlarini suiiste'mol qilganlikda ayblanadi.

Mavzuga oid
Top