09:00 / 04.10.2021
4402

Samsung kir yuvish mashinasini qanday qilib sovg‘a sifatida olish mumkin?

20 sentyabrdan 31-oktyabrgacha AirDresser bug‘ shkafini xarid qilsangiz, sovg‘a sifatida kir yuvish mashinasini olasiz.

Kuz mavsumi ayni qizg‘in pallasida, shuning uchun ham kun sayin yomg‘ir, shamol, kiyimlarimizga o‘tirib qoladigan ko‘cha changi va bakteriyalarga ko‘proq duch kelamiz. Biroq kayfiyatni tushirishga hojat yo‘q! Samsung kompaniyasi ajoyib aksiyani e'lon qiladi: 20 sentyabrdan 31 oktyabrgacha AirDresser bug‘ shkafini xarid qilgan har bir xaridor sovg‘a sifatida kir yuvish mashinasiga ega bo‘ladi.

Sovg‘alar soni cheklangan.

 

Garderobingizdagi kiyim-kechaklarni tozalash jarayoniga yanada ko‘proq mas'uliyat bilan yondashishda sizga Samsung kompaniyasining AirDresser bug‘ shkafi yordam beradi. U nafaqat kiyimdagi g‘ijimlarni tekislaydi, balki kuchli bug‘ oqimi yordamida bakteriyalar, viruslar, chang va turli xil allergenlarni ham yo‘q qiladi.

AirDresserning dezodoratsiya qiluvchi filtri toza kiyimlardagi yoqimsiz hidlarni bartaraf qilishda ko‘maklashadi. Ular orasida ter, tamaki, qovurilgan go‘sht va kimyoviy tozalashdan qolgan hidlar bo‘lishi mumkin. Qurilmada matoga chuqur o‘rnashib qolgan changni tozalash imkonini beradigan to‘liq havo bilan tozalash texnologiyasi ham mavjud. Biroq hech qanday tebranish va shovqin chiqarmaydi.

Ta'kidlash lozimki, AirDresser mato qisqarishi va shikastlanishining oldini oladigan nozik quritish funksiyasiga ega. Masalan, yomg‘ir ostida qolgan bo‘lsangiz va tezda pidjagingizni quritish kerak bo‘lsa – ushbu noyob qurilma sizga juda qo‘l keladi.

Yana bir muhim afzallik – SmartThings ilovasi yordamida osongina boshqarish imkoniyati. U foydalanuvchilarning xatti-harakatlarini o‘rganib, shu orqali kiyim-kechaklarni parvarish qilish samaradorligini oshiradi. Garderobingizdagi turli buyumlarni parvarish qilish maqsadida optimal dasturlarni tanlash uchun telefon ekraniga bir necha marta bosishning o‘zi yetarli bo‘ladi.

AirDresser – kiyimlarni nozik tozalashda sodiq va bebaho yordamchingizdir.

Aksiya shartlari:

Samsungdan AirDresser bug‘ shkafini xarid qilib, sovg‘a sifatida kir yuvish mashinasini qo‘lga kiriting.

Aksiyada ishtirok etadigan modellar:

Yangilaydi va tozalaydi, quritadi va dezinfeksiya qiladi – Samsung'ning AirDresser bug‘ shkafi mutlaqo yangi bosqichda kiyimlaringizni parvarish qiladi.

  • JetStream texnologiyasi – bakteriyalar, viruslar va allergenlarni yo‘q qilish;
  • HeatPump texnologiyasi – past haroratda nozik quritish;
  • Dezodoratsiya qiluvchi filtr – hidlarni bartaraf etib, kiyimning tozaligini tiklash.

Deyarli tovushsiz, kam energiya sarflovchi va katta ishchi manbasi bo‘lgan kir yuvish mashinasi – sovg‘a sifatida beriladi.

  • Volt Control funksiyasi – mashinani quvvat notekis berilishidan himoya qiladi;
  • Invertor motor – shovqinsiz va tejamkor;
  • Bug‘ bilan yuvish – axlat zarralari, 99,9% bakteriyalarni yo‘q qiladi va allergenlarni bartaraf etadi.

Aksiya Mediapark, Mudo Concept, JNK, Diskont do‘konlari, shuningdek butun O‘zbekiston bo‘ylab faoliyat yuritadigan texnika bozorlarida amal qiladi.

Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun ushbu havolani bosing.

Texnikaning aksiyadagi modellari ro‘yxatini shahringizdagi do‘konlarda topishingiz mumkin.

Facebook: fb.com/SamsungUzbekistan

Instagram: @SamsungUzbekistan

Telegram: t.me/SamsungUzbekistan

Veb-sayt: www.samsung.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top