22:34 / 04.10.2021
4395
Tesla 2021 yilning III choragida 241 300 ta elektromobil sotdi. Bu – rekord

Bu yil boshidan buyon sotilgan mashinalarning 66 foizi demakdir.

Foto: AP

Kompaniya 2021 yilning III choragidagi avtomobillar savdosi bo‘yicha to‘liq hisobotni e'lon qilganicha yo‘q. Lekin ushbu hisobotdan o‘rin olgan eng muhim raqamlar allaqachon ma'lum. So‘nggi uch oy davomida – iyundan sentyabrning oxirigacha 241 300 ta elektromobil sotilgan. Bu rekord avtomobil bozoridagi chiplar tanqisligi tufayli dunyo bo‘ylab savdo pasayib ketgan vaqtda qayd etilgani ayniqsa ahamiyatli.

Taqqoslash uchun, Tesla yil boshidan buyon 367 500 dona elektromobil sotgan bo‘lsa, shuning 66 foizi bitta chorakka to‘g‘ri kelmoqda. Ichki yonuv dvigateli bilan jihozlangan an'anaviy avtomobillar ishlab chiqaradigan kompaniyalar, xususan, General Motors uchinchi chorakda 446 997 dona avtomobil sotgan. Ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 33 foizga kamaygan. Tesla’ning ishlab chiqarish qamrovi, omborlari, dilerlari, xizmatchilari va boshqa ruserslarini General Motors’niki bilan solishtirib bo‘lmaydi.

Avtomobil bozoridagi beqaror davrda Tesla’ning o‘zgaruvchan bozor sharoitlariga tez moslasha olgani sababli elektromobil savdosida keskin o‘sish kuzatildi. Chiplar tanqisligi boshlanishi bilan Tesla zudlik bilan boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan ishlay boshladi va ularning mahsuloti avvalgi chiplar bilan bir xilda ishlashi uchun dasturiy ta'minotini yangiladi.

Top