19:40 / 04.10.2021
8199
Xitoyda shou vaqtida dronlarning ommaviy yerga qulashi sarosima keltirib chiqardi

Xitoyning Chjenchjou shahrida dronlar yordamida uyushtirilgan shou vaqtida to‘satdan qurilmalar ustidan nazorat yo‘qotilib, ular har tomonga ucha boshladi. Buning oqibatida o‘nlab dronlar daraxtlar urilib, yerga qulay boshlagan. Bu esa tomoshabinlar orasida sarosima keltirib chiqargan.

Yirik savdo markazi oldidagi tomoshaga 5 mingga yaqin odamni yig‘ilgan. Odamlar dronlar qulay boshlagach, sarosimada har tomonga qocha boshlashgan.

“Borgan sari ko‘proq dronlar turli tomonga ucha boshladi. Ulardan ba'zilari olislarga uchib ketdi, boshqalari esa daraxtlarga urilib, yerga qulay boshladi. Men dronlar shousiga borishni davom ettiraman, biroq endi ularni xavfsiz masofadan kuzataman”, deb aytgan voqea guvohlaridan biri.

Ma'lumotlarga ko‘ra, voqeaga texnik nosozlik sabab bo‘lgan va uning oqibatida hech kimga shikast yetmagan.

Mavzuga oid
Top