Bugun kunduz kuni Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida, Toshkent viloyatida kechga tomon ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimolda va cho‘l hududlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 17-22 daraja iliq bo‘ladi; shimolda 9-14 daraja iliqqacha pasayadi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, poytaxtda kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduz kuni havo harorati 18-20 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kunduz kuni 7-12 daraja iliq atrofida bo‘ladi.