10:43 / 05.10.2021
929
Surxondaryodagi ikkita qishloq ichimlik suvsiz qolib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi ikkita qishloq ichimlik suvsiz qolib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Tuman hokimligi axborot xizmati xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

Munosabatda ma'lum qilinishicha, Sariosiyo tumani Hovuzqoq va Qo‘lpista qishloqlari aholisi ijtimoiy tarmoqlar orqali oqar suv masalasida qiyinchilikka duch kelayotgani yuzasidan murojaat qilgan.

Qayd etilishicha, «O‘zsuvta'minot» AJ, «Surxonsuvta'minot» MChJ Sariosiyo tuman bo‘limi tomonidan Dashnobod yo‘nalishidagi Hovuzqoq va Qo‘lpista qishloqlariga maxsus suv tashish mashinasi bilan kuniga 70 tonna ichimlik suv aholiga yetkazib berilmoqda.

Mazkur holat batamom bartaraf etish uchun «Surxondaryosuvoqava» MChJ hamda tuman hokimligi tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.

Top