10:33 / 05.10.2021
5212
Surxondaryodagi yo‘llardan biri sement zavodiga qatnayotgan og‘ir yuk mashinalari tomonidan yaroqsiz holga keltirilgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi yo‘llardan biri sement zavodiga qatnayotgan og‘ir yuk mashinalari tomonidan yaroqsiz holga keltirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Tuman hokimligi axborot xizmati xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Sherobod tumanida joylashgan sement zavodga olib boruvchi yo‘lni katta hajmli yuk mashinalari yaroqsiz holga keltirgan. Mazkur yo‘ldan Vandob qishlog‘i ham foydalanadi. Qishloqni boshqa hududlar bilan faqat shu yo‘l bog‘laydi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarda Vandob qishlog‘i ahli mas'ullardan mazkur yo‘lni yuk mashinalari ham yurishini inobatga olib beton qoplamali qilib berishni so‘ragan.

«Tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra ushbu yo‘l 4K-624 A Sherobod-Poshxurt-Oqtosh-Muzrabot avtomobil yo‘lining Vandob qishlog‘iga olib boradigan shoxobchasi hisoblanadi. Mazkur yo‘lning 1-13 km qismini to‘la ta'mirlash 2018 yildan boshlab qurilish-montaj ishlari davom etmoqda. 2020 yilda ushbu obektning 4 kilometr qismi foydalanishga topshirilgan. Obekt yildan yilga o‘tuvchi bo‘lib yo‘l qurilish ishlari QMQga (Qurilish me'yorlari va qoidalari - tahr.) asosan olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda obektda asfalt-beton yotqizish ishlari bajarilayotgani ma'lum qilindi», deyiladi, munosabatda.

Top