17:34 / 05.10.2021
5097
Tesla xodimiga nisbatan irqchilik qilingani uchun 137 million dollar to‘laydigan bo‘ldi

Kompaniya Frimont shahridagi zavodida irqiy kamsitishlarga ko‘z yumib kelgan.

Foto: AP

Tesla o‘zining sobiq xodimiga qarshi sud ishida yutqazdi va unga kompensatsiya sifatida 137 million dollar to‘laydigan bo‘ldi. Bu haqda CNBC xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, kompaniya Frimont shahridagi zavodida irqiy kamsitishlarga ko‘z yumib kelgan.

San-Fransisko federal sudi 2015 yilda ishga olingan Ouen Dias dushmanona muhitda qolgan deb hisobladi. Dias hamkasblari uni va boshqa qora tanli ishchilarni tahqirlab kelganidan shikoyat qilgan. Diasning so‘zlariga ko‘ra, unga «Afrikaga qaytib ketish»ni aytishgan va ish joyida turli irqiy kamsitishlar aks etgan suratlarni chizib qoldirishgan.

Tesla 130 million dollar jarima va ma'naviy zarar uchun 6,9 million dollar to‘laydi.

Sudda Tesla vakillari kompaniyadagilar hech qachon afroamerikalik ishchilarning huquqlarini poymol qilishga urinmaganini ta'kidladi.

Mavzuga oid
Top