23:30 / 06.10.2021
88194

Dubay shahzodasi O‘zbekistonga keldi

Dubay shahzodasi Shayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum O‘zbekistonga keldi. Bu haqda shahzoda Instagram sahifasida post qoldirgan.

Foto: Instagram/Faz3
Foto: Instagram/Faz3
Foto: Instagram/Faz3

Dubay amirligi taxt vorisi sahifasida qo‘ygan suratlaridan u doimgidek Navoiy shahridan 50 km uzoqlikdagi BAAga qarashli tuvaloq asrash maskaniga tashrif buyurganini sezish mumkin. Muhammad Ol Maktum o‘tgan yili ham aynan oktyabr oyida Navoiyga kelgandi.

Foto: Instagram/Faz3
Foto: Instagram/Faz3
Foto: Instagram/Faz3

Markaz Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Rashid Ol Maktum tashabbusi bilan 2008 yilning aprel oyida tashkil etilgan. Shahzoda Hamdan lochinlar bilan shu hududda tuvaloq ovlaydi.

Mavzuga oid
Top