07:54 / 06.10.2021
14338
Eng ko‘p o‘g‘il bola qaysi tumanda tug‘ilgani ma'lum bo‘ldi

O‘zbekistonning qaysi tumanida o‘g‘il bolalar ko‘proq tug‘ilayotgani ma'lum bo‘ldi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Foto: Getty Images

Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida jami tug‘ilganlarning 56,2 foizini o‘g‘il bolalar tashkil etgan. 

Qayd etilishicha, bu respublika tuman va shaharlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Avvalroq, Statistika qo‘mitasi O‘zbekiston aholisi 35 millionga yetganini ma'lum qilgandi.

Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, 7 sentyabr holatiga O‘zbekiston aholisi 35 millionni tashkil qilmoqda. Erkaklar 17 570 079, ayollar esa 17 430 079 nafarga teng.

2021 yilning aprel oyida O‘zbekiston aholisi joriy yilda 35 millionga yetishi ma'lum qilingandi. Yil boshidan buyon doimiy aholi soni kuniga o‘rtacha 1,5 ming kishiga ko‘paymoqda (2020 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,8 ming kishiga oshgan).

Mavzuga oid
Top