08:57 / 06.10.2021
4617
O‘zbekiston navbatdagi xalqaro shartnomaga qo‘shildi
Foto: president.gov.ua

Shavkat Mirziyoyevning BMTning Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining (UNESCAP) “Quruqlik portlari” to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimiga qo‘shilishga oid qarori qabul qilindi.

Shartnomaning asosiy maqsadi – Osiyo-Tinch okeani mintaqasida transport tashuvlarini uyg‘unlashtirish va yengillashtirish uchun xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan logistika markazlarini (quruqlik portlarini) qurish va ishlatish bo‘yicha ko‘rsatmalarni ishlab chiqish.

Xalqaro shartnomani amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston nomidan Transport vazirligi mas'ul vakolatli organ etib belgilandi.

Shartnoma O‘zbekiston logistika markazlarining (quruqlik portlarini) xalqaro ahamiyatga ega obektlar sifatida qabul qilinishi va ro‘yxatga kiritilishi imkonini berishi kutilmoqda.

Top