16:34 / 06.10.2021
1973
Senat raisi Tanzila Norboyeva Xorazmda bo‘ldi

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva 6 oktabr kuni Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi.

Foto: Urganch shahar hokimligi

Dastlab u Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyev hamrohligida «Ishga marhamat» monomarkazi faoliyati bilan tanishdi. Tinglovchilar bilan xususiy va kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilikni rivojlantirish masalalari, muammolari to‘g‘risida suhbatlashdi. Tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlardan unumli foydalanish va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish chora-tadbirlariga alohida urg‘u berib o‘tdi.

Foto: Urganch shahar hokimligi

Senat raisi Urganch tumani hokimi Frunze Sharipov hamrohligida «Turkmanlar» mahallasidagi «Ulli hovli» yodgorlik majmuasiga bordi va tarixiy eksponatlar bilan tanishdi. Shuningdek, turkman ayollari va «Ayollar daftari»da turgan xotin-qizlar bilan uchrashib, ularning muammolari va takliflarini eshitdi.

Foto: Urganch tumani hokimligi 

So‘ngra, Yangibozor tumanidagi «Ocha qal'a» mahallasida «Ayollar maslahat kengashi» a'zolari va faol ayollar bilan uchrashib, xotin-qizlarga oid masalalar, bugungi islohotlar va muammolar haqida suhbatlashdi.

Foto: Urganch tumani hokimligi

Shundan so‘ng, Tanzila Norboyeva Yangibozor tumanida yangi kutubxonaning tantanali ochilishi marosimida ishtirok etdi. Tadbirda tuman hokimi O‘ktam Qurbonov, bir guruh faollar va yoshlar ham qatnashdilar. 

Foto: Yangibozor tumani hokimligi

Ma'naviyat va ma'rifat maskanida ochilgan kutubxonada 100 mingdan ziyod turli adabiyotlar to‘plangan. Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona bilan internet orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatilgan. 

 Foto:  Yangibozor tumani hokimligi
Top