07:20 / 06.10.2021
7590

Senatorlar Baydenga AQShdan 300 rossiyalik diplomatni chiqarib yuborishni taklif qilishdi

AQShda 4 nafar nufuzli senator prezident Jo Baydenga agar Moskva AQShning Rossiyadagi elchixonasi xodimlarini ko‘paytirishga ruxsat bermasa, 300 nafar rossiyalik diplomatni AQShdan chiqarib yuborishni taklif qilishdi.

Foto: NDTV

Demokrat-senatorlar Bob Menendez va Mark Uorner hamda respublikachi-senatorlar Jim Rish va Marko Rubioning prezidentga yo‘llagan maktubida ta'kidlanishicha, ayni vaqtda Rossiyada 100 ga yaqin amerikalik diplomat ishlaydi, AQShda esa rossiyalik diplomatlar soni 400 dan ko‘proqni tashkil qiladi. “Diplomatik vakolatxonalarda bunday nomutanosiblikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shu sababli Rossiyada ishlovchi amerikalik diplomatlar va AQShda ishlovchi rossiyalik diplomatlar sonini tenglashtirish uchun Rossiya yetarlicha viza berishi kerak”, deb aytilgan maktubda.

Rossiya tashqi ishlar vazirligida ta'kidlanishicha, AQShda senatorlar aytgandagidek ko‘p sonda rossiyalik diplomatlar ishlamaydi.

Joriy yozda Rossiya Vashington kiritgan sanksiyalarga javoban AQShning Moskvadagi elchixonasiga rossiyaliklarni ishga yollashni taqiqlab qo‘ygandi. Shundan keyin AQSh elchixonasi 182 xodimni ishdan bo‘shatib yuborishiga to‘g‘ri kelgan.

Mavzuga oid
Top