08:36 / 07.10.2021
6249

AKT vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

“O‘zkomnazorat” boshlig‘i o‘rinbosari axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Doniyor Rustamov / Foto: gis.uz

Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Rustamov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Doniyor Rustamov bu lavozimda Bahrom Olmatovning o‘rnini egalladi. B.Olmatov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan.

Bahrom Olmatov 2015 yildan beri axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. 

Top