UYeFA Millatlar Ligasida yarimfinal bellashuvlari start oldi.
1/2 finalning ilk uchrashuvi Ispaniya va Italiya jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda Luis Enrike shogirdlari 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi.
Shu tariqa, «skuadro adzuro»ning 37 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasi yakuniga yetdi. Roberto Manchini shogirdlari 35tadan g‘alabali seriya qayd etgan Braziliya va Ispaniya milliy jamoalarini ortda qoldirib, jahon rekordini o‘rnatdi.
Millatlar Ligasi. Yarimfinal
Italiya - Ispaniya 1:2
Gollar: Pellegrini (83) - Torres (17, 45+2)
Italiya - Donnarumma, Di Lorenso, Bonuchchi, Bastoni, Emerson, Veratti (Lokatelli, 58), Barella (Kalabriya, 74), Jorjino (Pellegrini, 64), K'yeza, Insine (Ken, 58), Bernardeski (Kellini, 46).
Ispaniya - Simon, Alonso, Pau Torres, Lyaport, Aspilikueta, Gavi (Roberto, 84), Koke (Merino, 75), Buskets, Oyarsabal, Sarabiya (Xil, 75), Torres (Pino, 49).