08:32 / 07.10.2021
6231

Nechta OTMda talabalar uchun yotoqxona borligi ma'lum qilindi

O‘zbekistonda nechta oliy ta'lim muassasasining talabalar uchun yotoqxonalari borligi ma'lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Foto: samdu.uz

Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, 2020/2021 o‘quv yili boshiga mamlakatda faoliyat yuritayotgan oliy ta'lim muassasalari soni 127 tani tashkil etgan.

Qayd etilishicha, 127 ta oliy ta'lim muassasalarining 88 tasida talabalar uchun yotoqxonalar mavjud.  

Avvalroq, oliy ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov talabalar turar joylari bilan yuzaga kelgan muammolar haqida to‘xtalgandi.

Bildirilishicha, 2021 yilning may oyiga qadar O‘zbekistonda 58 ming o‘ringa ega 58 ta yotoqxona bor edi. Talabalar turar joylariga ehtiyoj 28 foizga qondirilgan. Jami 149 ming talabadan 58 ming talabaga joy bor bo‘lgan.

“Hukumat tomonidan mavjud talabalar turar joylaridan ba'zilarini ikki yarusli (ikki qavatli yotoq o‘rinli) qilish topshirig‘i berildi. Dunyoning rivojlangan davlatlarida, jumladan Koreya, Germaniyada ham shunday tajriba yo‘lga qo‘yilgan. Birgina shu topshiriq bilan mavjud 58 ming o‘ringa yana 37 mingta o‘rin qo‘shildi. Har bir o‘rin uchun 4–5 mln xarajat qilindi. Agar talabalar turar joyi quriladigan bo‘lsa, davlat yoki OTM bitta talaba o‘rni uchun 50 mln sarflaydi”, dedi oliy ta'lim vaziri.

Mavzuga oid
Top