09:30 / 07.10.2021
4863
O‘zbekistonda aholi soni 35 milliondan oshdi

O‘zbekistonda doimiy aholi soni 2 foizga ko‘payib, 35 milliondan oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 1 oktabr holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 35 million 79,2 ming kishini tashkil etmoqda.

Qayd etilishicha, doimiy aholi soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 foizga oshgan.

Ma'lum qilinishicha, respublikaning doimiy aholisi so‘nggi 30 yil ichida 13,9 million kishiga oshgan.

Avvalroq, Statistika qo‘mitasi O‘zbekiston aholisi 35 millionga yetganini ma'lum qilgandi.

Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, 7 sentyabr holatiga O‘zbekiston aholisi 35 millionni tashkil qilgan. Erkaklar 17 570 079, ayollar esa 17 430 079 nafarga teng.

2021 yilning aprel oyida O‘zbekiston aholisi joriy yilda 35 millionga yetishi ma'lum qilingandi. Yil boshidan buyon doimiy aholi soni kuniga o‘rtacha 1,5 ming kishiga ko‘paymoqda (2020 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,8 ming kishiga oshgan).

Bundan oldin, O‘zbekistonning qaysi tumanida o‘g‘il bolalar ko‘proq tug‘ilayotgani ma'lum bo‘lgandi.

2020 yilda Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida jami tug‘ilganlarning 56,2 foizini o‘g‘il bolalar tashkil etgan. Bu respublika tuman va shaharlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Top