10:52 / 07.10.2021
2159
Peruda bosh vazir va hukumat o‘zgardi

Peruda bosh vazir Gvido Bellido iste'foga chiqdi. Uning lavozimini Peru kongressining sobiq raisi Mirta Vaskes egalladi.

Gvido Bellido / Foto: peru21

Bosh vazir ketishi ortida hukumat tarkibi deyarli to‘liq o‘zgargan.

6 oktyabrda Gvido Bellido o‘ziga nisbatan olib borilayotgan tergov hamda tashqi ishlar va adliya vazirlari Oskar Maurtua hamda Anibal Torres bilan nizodan keyin iste'foga chiqishni so‘ragan. Vaholanki, u avvalroq o‘tgan matbuot anjumanida o‘z lavozimidan ketishi mumkinligini rad etgan.

Keyinroq Peru prezidenti Pedro Kastilo jurnalistlar bilan suhbatda Bellidoning iste'foga chiqqanini tasdiqlagan va tez orada yangi hukumat shakllantirilishini ma'lum qilgan.

42 yoshli Bellido bosh vazir lavozimini 2021 yil iyul oxirida egallagan.

Mavzuga oid
Top