17:00 / 08.10.2021
7811
«Ipak Yo‘li» banki Osiyo taraqqiyot bankidan ikkita nominatsiya bo‘yicha mukofot oldi!
Foto: «Ipak Yo‘li» banki

2021 yil 29 sentabr kuni, Osiyo taraqqiyot bankining “Savdoni moliyalashtirish va Yetkazib berish (Ta'minot) zanjirini moliyalashtirish” (TSCFP) dasturi doirasidagi onlayn taqdirlash marosimida «Ipak Yo‘li» banki 2021 yil uchun OTB bilan hamkorlik yakunlari bo‘yicha ikkita mukofotni qo‘lga kiritdi.

«Ipak Yo‘li» banki 2020 yilning iyun oyidan 2021 yil iyul oyiga qadar bo‘lgan davrda eng ko‘p bitimlar tuzishga erishgan O‘zbekiston Respublikasining savdoni moliyalashtirish sohasidagi yetakchi hamkor-banki sifatida e'tirof etildi. Bu mukofotga «Ipak Yo‘li» bank o‘zining amaliyotlar borasidagi faoliyatida savdoni moliyalashtirish mahsulotlarini ishga tushirgan vaqtdan boshlab ketma-ket ikkinchi yil sazovor bo‘lmoqda. Mazkur e'tirof Bankning o‘z mijozlariga savdoni moliyalashtirish doirasida hujjatli amaliyotlar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish borasidagi ishlarining eng yaxshi ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi.

Foto: «Ipak Yo‘li» banki

Shuningdek, «Ipak Yo‘li» banki bank-emitent sifatida 2021 yil uchun “Yilning eng yaxshi bitimi” nominatsiyasi bo‘yicha mukofot oldi. Hujjatli akkreditiv doirasida savdoni moliyalashtirish bo‘yicha «TBC Bank» banki (Gruziya) bilan hamkorlikda 1 million AQSh dollariga yaqin miqdorga tuzilgan, O‘zbekiston Respublikasiga COVID-19 va grippga qarshi kurashish bo‘yicha dori-darmonlar importini qoplovchi bitim OTBning 48 ta mintaqaviy a'zo davlatlarining nomzodlari orasidan eng yaxshisi deb e'tirof etildi. Vaholanki, tuzilgan bitim «Ipak Yo‘li» banki va «TBC Bank» banki  (Gruziya) o‘rtasida ilk bor tuzilgan bitim edi. Mazkur mukofotni qo‘lga kiritish Osiyo taraqqiyot bankiga a'zo mamlakatlar tomonidan «Ipak Yo‘li» bankining savdoni moliyalashtirish bo‘yicha ko‘rsatayotgan xizmatlarining yuqori sifatliligi va moslashuvchanligi tan olinganligini bildiradi.

Foto: «Ipak Yo‘li» banki

Bugungi kunda «Ipak Yo‘li» banki innovatsion g‘oyalarni taklif etib, shu bilan birga o‘z xizmatlarining sifati, hammabopligi va tezkorligi bilan o‘z mijozlarini quvontirgan holda o‘zining savdoni moliyalashtirish bo‘yicha mahsulotlar spektrini kengaytirishda davom etmoqda!

Batafsil: ipakyulibank.uz/news/2021-09-30

Reklama huquqi asosida

Top