13:50 / 08.10.2021
20377

«Men prezident bo‘lib, paxtaga qancha pul berilayotganini bilmayman, kerak bo‘lsa 3 mingdan berib terdirsin» – Shavkat Mirziyoyev

Amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda paxta mavzusida gapirib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Foto: Milliy mass-media fondi

“Bir vaqtlar yaxshi paxta terganga bitta gilam berilardi, rais bir marta osh qilib berardi. Hozir men prezident bo‘lib, paxta terishda kilosiga necha pul berilayotganini bilmayman. Kerak bo‘lsa 3 ming so‘mdan berib terdirsin. Chunki paxtani manfaat yetishtiryapti. Terimchida ham manfaat bo‘lmasa, termasin! Uni hech kim majburlamaydi. 

Mana, Andijon eksportda 1 mlrd dollarlik natijaga erishyapti. Surxondaryoning nima kamchiligi bor? Xafa bo‘lmasangiz bir gap aytaman – Andijon bugun sizlardan 10 yilga ilgarilab ketgan. Lekin u yerda imkoniyatlar kam – 1 ga 10, ya'ni yerning 1 foizi, aholining 10 foizi Andijonda. 

Andijonda men professorlar bilan gaplashdim, “oldin 2 mln so‘m oylik olardim, hozir 12 mln so‘m olyapman, mendan har qancha talab qilsangiz arziydi” deyishyapti. Surxondaryoning ham domlalari maoshi oshdi. Endi bolalarimizning bilimi oshishini talab qilsak bo‘ladimi, yo‘qmi? Bo‘ladi! Chunki Surxon farzandlari ham mening farzandlarim, ular yomon yashashlari mumkin emas. Ko‘zlari yonib turishi shart”, deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid
Top