09:38 / 08.10.2021
40063

O‘zbekiston havo harorati 10-12 darajaga pasayishi kutilmoqda

9-11 oktyabrda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, havo harorati 10-12 darajaga pasayishi kutilmoqda.

9-11 oktyabrda kunduz kunlari harorat 10-13 daraja iliqni, 10-11 oktyabrda kechalari 2-5 daraja iliqni tashkil etadi. Shimolda 9-10 oktyabrda kechalari ba'zi joylarda 0-3 daraja sovuqqacha bo‘ladi.

9-10 oktyabrda respublika bo‘yicha ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi, ko‘rinuvchanlik yomonlashadi.

9-10 oktyabrda respublika bo‘yicha ba'zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Mavzuga oid
Top